"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi boshlig‘i
Palimbetov Azamat Sadatdinovich
1987 yil 20 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumanida tug‘ilgan.
Millati - Qoraqolpoq. Ma’lumoti - oliy.
2009-yildan 2010 yilgacha AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA Shumanay stantsiyasi navbatchisi shogirdi bo‘lib ishlagan.
2010-yildan 2011 yilgacha AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA yuk va tijorat ishlarini o'qitish bo'yicha yo'riqchi lavozimida ishlagan
2011-yildan 2015 yilgacha AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA Qo'ng'irot MTU UK bo'yicha navbatchisi bo'lib ishlagan
2015 yildan 2019 yilgacha AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA Kunxodja stantsiyasi boshlig'i lavozimida ishlagan
2019 yili AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA Qo'ng'irot stantsiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi bo'lib ishlagan
2019 yildan 2023 yilgacha AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA Qo'ng'irot stantsiyasi boshlig'i bo'lib ishlagan
2023 yili O`zbekiston temir yo`llari aktsiyadorlik jamiyati yuk va tijorat ishlari boshqarmasi boshlig'i o`rinbosari
2023 yildan AJ O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI QO`NG`IROT MINTAQAVIY TEMIR YO`L UZELI UNITAR KORXONA boshlig'i
Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutini tamomlagandan so`ng, 2009 yildan 2023 yillar oralig‘ida turli lavozimda faoliyat olib borgan. Bular:
Qo'ng'irot MTU Shumanay stantsiyasi navbatchi shogirdi, Qo'ng'irot MTU yuk va tijorat ishlarini o'qitish bo'yicha yo'riqchi, Qo'ng'irot MTU UK bo'yicha navbatchisi, Qo'ng'irot MTU UK bo'yicha Kunxodja stansiyasi boshlig'i, Qo'ng'irot MTU UK bo'yicha Kunxodja stantsiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi, O`zbekiston temir yo`llari aktsiyadorlik jamiyati yuk va tijorat ishlari boshqarmasi boshlig'i o`rinbosari, Qo'ng'irot MTU UK boshlig'i
Oilali, uch nafar farzandning otasi – bir o`g‘il va ikkita qizi bor.
Qo'ng'irot Mintaqaviy temir yo'l uzel boshlig'i O'zbekiston Respublikasi qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlarini, Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlarini, “O'zbekiston temir yo'llari”AJ buyruqlari, farmoyishlari xamda uzel Nizomida ko'rsatilgan vazifalarni xayotga tadbiq etadi.
Uzel va uning ijrochilik devoniga umumiy raxbarlik qiladi, uzelga yuklangan vazifalarning bajarilishi va“O'zbekiston temir yo'llari” AJ xamda uzel Nizomlariga rioya qilinishi uchun javobgar xisoblanadi, o'z o'rinbosarlari orasida majburiyatini tasdiqlaydi va uzelga yuklangan vazifalarni bajarishda ularning vakolatini aniqlaydi.
Uzel doirasida ishlab chiqarish xo'jaligidagi prognoz ko'rsatkichlar tizimi bo'linmalarining o'rinlar jadvalini tasdiqlaydi.
Uzel ishining samaradorligini, uning yakuniy natijalarini butunlay ta'minlaydi va poezdlar xarakat xavfsizligini oshirish bo'yicha xar tomonlama chora ko'rib umumiy raxbarlikni olib boradi.
Uzel tizimi bo'linmalarining ishini muvofiqlashtirib beradi.
Uzel nizomida unga berilgan vakolat va xuquq chegaralarida xamma masalalarni yechadi va boshqa mansabdor shaxslarga, o'rinbosarlariga, uzel bo'linmalari raxbarlariga aloxida ishlab chiqarish – xo'jalik funktsiyalarini bajarishni topshiradi.
Ijtimoiy adolat printsipini to'g'ri ishlatish, ma'muriy va iqtisodiy raxbarlik usullarini jipslashtirishni, uzel faoliyatida masalalarni yechish va muxokama qilishda xamkasblik va yagona boshliqlikni ta'minlaydi. Uzel bo'linmalariga maxsus Nizomga asosan maxfiy - tartibni ta'minlash bo'yicha tadbirlar chiqarishni tashkillashtiradi va olib boradi.
- Uzel faoliyati va uning ijro etuvchi apparatining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi.
- Uzelning moliyaviy va xo'jalik ishlarini rejalashtirish va kadrlar siyosatini amalga oshirish bo'yicha nazorat qiladi.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi bosh muxandisi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi bosh muhandisi
Allambergenov Berkimbay Berkinbayevich
1986 yil 27 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonliko'l tumanida tug‘ilgan.
Millati - Qoraqolpoq. Ma’lumoti - oliy.
2010 yili Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi 2 toifali teplovoz taʼmirlash chilangari
2010 yildan 2012 yilgacha Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi 3 toifali teplovoz taʼmirlash chilangari
2012 yili Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi hisobga olish guruhi boshlig‘i
2012 yili Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi yonilg‘i resurslari bo'yicha muhandis vazifasini bajaruvchi
2012 yili Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi yonilg‘i resurslari bo'yicha muhandisi
2012 yildan 2014 yilgacha Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi lokomotivlardan foydalanish bo'yicha boshliq o‘rinbosari
2014 yildan 2016 yilgacha Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
2016 yildan 2017 yilgacha Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi boshlig‘i
2017 yildan 2018 yilgacha Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi taʼmirlash ishlari bo'yicha boshliq o‘rinbosari
2018 yildan 2020 yilgacha O‘TY AJ, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2020 yildan 2023 yilgacha Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi boshlig‘i
2023 yildan Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi bosh muhandisi v.b
Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagandan so`ng, 2010 yildan 2023 yillar oralig‘ida turli lavozimda faoliyat olib borgan. Bular:
Qo'ng'irot Lokomotiv deposi chilangari, Qo'ng'irot Lokomotiv deposi hisobga olish guruhi boshlig'i, Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi yonilg‘i resurslari bo'yicha muhandisi, Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi lokomotivlardan foydalanish bo'yicha boshliq o‘rinbosari, Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi boshlig‘i, O‘TY AJ, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi bosh muhandisi v.b
Oilali, uch nafar farzandning otasi – uchta o`g‘li bor.
- Ilg'or ilmiy –texnik tadqiqotlarni joriy qilishda boshchiliq qiladi, uzelning xamma bo'linmalarida texnologik va texnik masasalarni kompleks xal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'tkazishni tashkil qiladi, ishlab chiqarish fondi asosiy mablag'larni yangilash, rivojlantirish va samarali ishlatishga boshchilik qiladi;
- Uzelning xamma bo'linmalarining ishlab chiqarishini ishlash va rivojlantirish masalalarini nazorat qiladi, moddiy-texnika ta'minoti, texnik vositalar ta'mirini, qo'l stidagi bo'linmalarni belgilangan tartibda belgilangan me'yor va limitlarga muvofiq
yoqilg'i-energetik va moddiy-texnika resurslar bilan ta'minlashni tashkil etadi. Xarakatdagi sostavning sifatli ta'mirini o'tkazishga va ta'mirlash bazasini rivojlantirishga amaliy yordam beradi;
- Ijtimoiy ob'ektlar qurilishi va ta'mirini belgilangan muddatlarda tashkil etadi, kapital ta'mirga qaratilgan mablag'larning o'z vaqtida kiritilib to'la o'zlashtirilishini nazorat qiladi;
- Uzelning ijtimoiy ob'ektlari va ishlab chiqarish binolarining kapital ta'mirlash rejasini ta'minlash bo'yicha masalalarini nazorat qiladi;
- Uzel tizimidagi xamma bo'linmalarining texnikaviy vositalari ustidan nazoratni texnologik intizomga, xavfsizlik texnikasi, mexnatni muxofazalash va ishlab chiqarish sanitariyasi bo'yicha qoida va me'yoriga, xamda tabiatni muxofazalash, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish orqali amalga oshiradi;
- Ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatini, standartlash va sertifikatlashtirish, ish joylarini attestatsiya qilish va ratsionalizatorlash, metrologik ta'minot, ishlab chiqarishni, mexnat va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni takomillashtirish, xamda xisoblash texnikasi, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga mablag'larni joriy qilish ishlarini nazorat qiladi;
- Ilmiy izlanishlar o'tkazishni, xamda propaganda va ilmiy-texnika axborotlari soxasida ishlarni tashkil etadi.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonas boshlig‘ining o‘rinbosari-tashishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining tashishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i
Nematulla Babajanovich Djabbarberganov
1983 yil 25 noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqa'la tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy.
2006 yil Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutini transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash mutaxassisligini tamomlagan. Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutini tamomlagandan sung, 2006 yildan 2016 yillar oralig‘ida turli lovozimda faoliyat olib borgan. Bular: "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Xorazm xududi Turtkul stansiyasi poezd tuzuvchisi shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi operatori shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi operatori, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi navbatchisi shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi navbatchisi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Miskin stansiyasi boshlig‘i, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Turtkul stansiyasi boshlig‘i, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" Nukus stansiyasi boshlig‘i, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" yuk bo‘limi va tijorat ishlari boshlig‘i.
2016 yildan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining tashishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i lovazimida ishlamoqda.
Oilali, uch nafar farzandning otasi – ikki o'g‘il va bir qizi bor.
- Qo'ng'irot UK RJU tezkor ishlariga rahbarlik qiladi;
- yuklarni tashishda tezkor rejalashtirishni, rejalashtirilgan vazifalarning bajarilishini, poezdlarning xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini, manevr ishlari, stansiya ishchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va shaxsiy himoya vositalarini ta'minlaydi;
- harakatlanuvchi tarkibning xavfsizligini va tovarlarni o'z vaqtida etkazib berilishini ta'minlaydi, yuklarni tushirishni tezlashtirish, transportni soddalashtirish, harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanish, uchastka va stantsiyalarning o'tkazish qobiliyati va o'tkazish qobiliyatini oshiradi;
- yuk tashuvchilar va qabul qiluvchilarning transportga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq va sifatli qondirish bo'yicha takliflar beradi.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining boshlig‘i o‘rinbosari Xorazm hududi bo‘yicha.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining boshlig‘i o‘rinbosari Xorazm hududi bo‘yicha.
Jaxongir Quziboevich YAkubov
1985 yil 1 mayda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan.Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy.
2008 yil Sankt Peterburg davlat temir yo‘l universitetini tashishni tashkil etish va boshqarish mutaxassisligini tamomlagan. Sankt-Peterburg davlat temir yo‘l universitetini tamomlagandan so'ng, 2008 yildan 2014 yillar orolig‘ida turli lovozimda faoliyat olib borgan.Bular: "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Sirg‘ali bekati yuk kassiri shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Raximova bekati navbatchisi shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Raximova bekati navbatchisi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK Yagona dispecherlik markazining 2 tuman tashishlar bo‘limining Qarshi-Termiz-Sariasiyo-Amuzang uchastkasi poezd dispecheri, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK Yagona dispecherlik markazining 2 tuman tashishlar bo‘limining Qo‘ng‘irot-Nukus-Misken uchastkasi poezd dispecheri, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” Xorazm hududi Urganch bekati navbatchisi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" OAJ Xorazm filiali SHovot vokzali chipta sotuvchisi shogirdi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" OAJ Xorazm filiali SHovot vokzali chipta sotuvchisi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" OAJ Xorazm filiali Urganch vokzali boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" DATK "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" OAJ Xorazm filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.
2014 yildan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK boshlig‘ining Xorazm hududi bo‘yicha o‘rinbosari lovazimida ishlamoqda.
Oylali, ikki nafar farzandning otasi – bir og‘il va bir qizi bor.
- Qo'ng'irot MTU UK Xorazm hududi bo'yicha tezkor ishlariga rahbarlik qiladi;
- yuklarni tashishda tezkor rejalashtirishni, rejalashtirilgan vazifalarning bajarilishini, poezdlarning xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini, manevr ishlari, stansiya ishchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va shaxsiy himoya vositalarini ta'minlaydi;
- harakatlanuvchi tarkibning xavfsizligini va tovarlarni o'z vaqtida etkazib berilishini ta'minlaydi, yuklarni tushirishni tezlashtirish, transportni soddalashtirish, harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanish, uchastka va stantsiyalarning o'tkazish qobiliyati va o'tkazish qobiliyatini oshiradi;
- yuk tashuvchilar va qabul qiluvchilarning transportga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq va sifatli qondirish bo'yicha takliflar beradi.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining boshlig‘ining kadrlar va rejim bo‘yicha o‘rinbosari.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining boshlig‘ining kadrlar va rejim bo‘yicha o‘rinbosari
Elmurodjon Nematovich Maxmudov
1983 yil 16 yanvarda O‘zbekistan Respublikasi Andijon viloyati, Jalolquduq tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.Ma’lumoti - oliy.
2006 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini sotsiologiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2010 yil O‘zbekiston Respublikasi strategik analiz va prognozlashtirish oliy maktabini strategik taxlil va istiqbolni belgilash mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagandan so'ng, Andijon viloyati Jalalquduq tumani №1-sonli Umumiy ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi faoliyatini olib borgan.
2019 yildan "O‘zbekiston temir yo‘llari" Aksiyadorik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi boshlig‘ing kadrlar va rejim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
Oilali, ikki nafar farzandning otasi – bir o'g‘il va bir qizi bor.
"Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Amir Omirbaevich Embergenov
1975 yil 5 fevralda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo'ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Millati - o'zbek. Ma’lumoti - o‘rta.
1998 yil Toshkent temir yo‘l transport texnikumini texnik elektrik mutaxasisligini tamomlagan.
Toshkent temir yo‘l transporti texnikumini tamomlagandan sung, 2015 yilgacha turli lavozimda faoliyat olib borgan. Bular: SMP 748 Qurilish montaj poezdi ishchisi, Orolbo‘yi temir yo‘l bo‘limi mashina-hisoblash stansiyasi operatori, Orolbo‘yi temir yo‘l bo‘limi mashina-hisoblash stansiyasi elektromexanigi, “O‘zbekiston temir yullari” DATK statistika, axborot va hisoblash texnikasi markazi elektromexanigi, “O‘zbekiston temir yullari” Qo‘ng‘irot hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi etakchi mutaxassisi, “O‘zbekiston temir yo'llari” Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘ining yordamchisi, “O‘zbekiston temir yo'llari” Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi etakchi mutaxassisi, “O‘zbekiston temir yo'llari” Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi.
2015 yildan “O‘zbekiston temir yo'llari” Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimida ishlamoqda.
Oylali, uch nafar farzandning otasi – ikki o'g‘il va bir qizi bor.
Umumiy raxbarlikni amalga oshirish.Rais urinbosari, xududiy kumita mutaxassislari, a’zo tashkilotlar raxbarlari ishini tashkil etish va faoliyatini muvofiklashtirish.Mexnatkashlarning ijtimoyi-iktisodiy manfaatlarini ximoya kilish , madaniy-ma’rifiy va sport ishlari,tashkiliy ishlar,moliya,mexnatni muxofaza kilish bulimlariga,xamda taftish komissiyasi ishiga kuratorlik kilish.Mexnat va ijro intizomini nazorat kilish.Kadrlarni tanlash va joy-joyiga kuyish masalalari, fukarolar shaxsiy kabuli, taklif va arizalarini kurib chikish.Kasaba uyushma manfaatlarini davlat va turli nodavlat-notijorat tashkilotlarida ximoya kili shva ular bilan samarali alokalarni urnatish. Davlat dasturlarining kasaba uyushmalar faoliyatiga taalukli vazifalarining bajarilishini, kasaba uyushmalar amalga oshirayotgan ishlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borilishini tashkil etish.Kasaba uyushmalar faoliyatiga taalukli konunlar, normativ me’yoriy jujjatlarda belgilangan boshka vazifalarni amalga oshirish.
Texnika va texnologiya nazorati boshqarmasining “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yul uzeli” bo‘yicha katta noziri
"O‘zbekiston temir yullari" AJ texnika va texnologiya nazorati boshqarmasining “Qo‘ng‘irot
mintaqaviy temir yul uzeli” bo‘yicha katta noziri
Ataniyaz Erniyazovich Allaniyazov
1964 yil 5 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani tug‘ilgan.Millati - qoraqalpoq. Ma’lumoti - oliy.
1990 yil Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutini temir yo'llarda yuk tashish xarakatini boshqarish mutaxassisligini tamomlagan.
2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari institutini tamomlagandan sung, 1990 yildan 2015 yillar oralig‘ida turli lavozimda faoliyat olib borgan. Bular: CHarjou temir yo'l bo'linmasi yuk tashish bo'limi poezd dispetcheri, Orolbuyi temir yo'l bo‘limining 615- raz’ezd bo‘yicha navbatchisi, 615-raz’ezd boshlig‘i, Orolbuyi bo‘limining tashish bo‘linmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Ellikqal’a stansiyasi boshlig‘i, Orolbuyi temir yo‘l bo‘limining xarakat xavfsizligi taftishchisi vazifasini bajaruvchisi, Qaraozek stansiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, "O‘ztemiryo‘lyuktrans" yuklarni tashish boshqarmasi Qoraqalpoq hududi markazining Qaraozek stansiyasi bo'yicha navbatchisi, Nukus stansiyasi bo'yicha navbatchisi, Nukus stansiyasi boshlig‘ining texnikaviy ishlari bo'yicha o‘rinbosari, "O‘zbekiston temir yo'llari"DAK Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yul uzelining Qo‘ng‘irot stansiyasi boshlig‘i, uzel yuk tashish va tijorat ishlari bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, Kunxodja stansiyasi boshlig‘i, "O‘zbekiston temir yo'llari" DAK "O‘ztemiryulxisob" markazining yuk xujjatlarini qayta ishlash Qo‘ng‘irot texnologik filiali boshlig‘i, "O‘zbekiston temir yo'llari" DAK Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo'l uzelining Nukus stansiyasi boshlig‘i.
2015 yildan 2017 yil oralig‘ida "O‘zbekiston temir yullari" AJ texnika va texnologiya nazorati boshqarmasining Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yul uzeli bo‘yicha katta noziri
2017 yildan 2018 yil oralig‘ida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK Bosh muxandisi.
2018 yildan "O‘zbekiston temir yullari" AJ texnika va texnologiya nazorati boshqarmasining Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yul uzeli bo‘yicha katta noziri lovazimida ishlamoqda.
Oylali, uch nafar farzandning otasi – bir o'g‘il va ikki qizi bor.
- Yo'l harakati havfsizligini ta'minlash, uzelda avariyaviy holat to'g'risida ogohlantirish, tashkilotlar va bekatlarning temir yo'l transporti Qonuniga rioya qilish, kompaniya rahbarlarining buyruqlari, Texnik Foydalanish Qoidalari, signallashtirish va bog'lanish qo'llanmalari, poezdlar harakati va manyovrli ishlar hamda “O'zbekiston Davlat Temir Yo'l nazorati” Davlat inspektsiyasining me'yoriy hujjatlari bo'yicha idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
- Uzel boshligi bilan birgalikda tiklash poezdlar kuchi va tezkor guruhlar yordamida;O'zbekiston Respublikasi Temir yo'llarida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini, temir yo'l hodisalari,ishda texnologik jarayonining buzilishini bartaraf qilish, shuningdek odamlarni qutqarish boyicha tez va sifatli bajarish ishlarini taminlaydi;
- Poezdlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bekat va korxonalar profilaktika chora-tadbirlarini o'z vaqtida o'tqazilishini, harakat xavfsizligini taminlaydigan texnik vositalarining ishlash ishonchliligi bo'yicha o'z vaqtida loyihalashtirishda va amalga oshirishda nazorat olib boradi;
-Favqulotdagi holatlar, temir yo'l hodisalari, uzel bo'linmalari ishida kuzatilgan texnologik jarayonlarning buzilishini rasmiy tekshiruvida ishtirok etadi, yo'l harakati havfsizligining buzilish holatlari talablari va klassifikatsiyalariga javob beradigan va o'z vaqtida o'tkazilishini nazorat qiladigan tergovni ta'minlaydi;
-Mintaqada poezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha uzel va korhonalar boshliqlari bilan o'tkaziladigan qo'shma tekshirishlarda
ishtirok etadi.